Kinematografiya agentligining qayd etishicha, mazkur kinokartina Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Oʻzbekiston Toʻlepbergen Qayipbergenovning hayoti va ijodiga bagʻishlanadi.

Toʻlepbergen Qaipbergenov oʻzining yarim asrdan ziyod davom etgan yozuvchilik faoliyati davomida katta va sermazmun ijod yoʻlini bosib oʻtdi. Oʻz asarlarida qoraqalpoq xalqining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyat va anʼanalarini yuksak mahorat bilan tarannum etdi. Uning qalamiga mansub “Rahmat, muallim”, “Sovuq bir tomchi”, “Kotib”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”, “Gumrohlar” singari qissa va romanlar,“Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi adabiyotimiz xazinasidan munosib oʻrin egalladi

Ssenariy muallifi Baxtiyar Madiyarov, postanovkachi rejissyor Bautdin Baymirzayev, postanovkachi operator Asenbay Asqarov. Rollarni Farit Uzaqbergenov, Bazarboy Uzaqbergenov, Davirxan Yembergenov, Aybek Shavdurbayev, Aysultan Sharipova, Sarbinaz Xabipova kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.