Bu ularning hukumat tomonidan belgilangan qator imtiyozlardan foydalanishida qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgan edi. Tuman 1-son FHDYO boʻlimi tomonidan mahallada olib borilgan oʻrganish ishlari davomida aniqlangan mazkur muammo bartaraf etilib, oila qonuniy nikohdan oʻtkazildi. Shuningdek, ularning farzandlariga ham tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
Aytish joizki, tumandagi barcha mahallalarda FHDYO boʻlimlari tomonidan tizimli oʻrganish va targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinyapti. Jarayonda aniqlangan muammoli holatlar fuqarolar foydasiga hal qilinib, ularga bepul huquqiy maslahatlar berilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Ana shunday chora-tadbirlar doirasida “Kamardon” mahallasidagi 7 nafar loʻli millatiga mansub voyaga yetmaganlarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi. Shuningdek, sharʼiy nikoh asosida tuzilgan qator oilalarning nikohi qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyaga olinishida amaliy koʻmak berildi.
DXA Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.