Qoʻriqxona hududida noyob jonivor - Qoraxoldor kaltakesak aniqlandi

    Yashil sayyora 28 May 2022 2067

    “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi xodimlari tomonidan olib borilgan navbatdagi nazorat ishlari davomida qoʻriqxona hududida Qoraxoldor kaltakesak jonivori aniqlandi.

    U zaif, kamayib borayotgan, lokal tarqalgan tur sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, deya xabar beradi qoʻriqxona axborot xizmati

    Maʼlumot uchun, Qoraxoldor kaltakesak fevral-noyabr oylarida faol hayot kechiradi. Oʻz inida yoki hasharotlar va kemiruvchilar uyalarida yashaydi hamda oʻsha yerda qishlaydi. Mart oyida juftlashadi. Bir yilda 2–3-marta – aprel–iyun oylarida – 4–9 tadan tuxum qoʻyadi. Bolalari may–iyul oyida tuxumni yorib chiqadi va keyingi yili bahorda jinsiy voyaga yetadi. Mayda hasharotlar, koʻpoyoqlilar va oʻrgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.

    Qoʻriqxona inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.