Toshkent metropoliteni matbuot xizmati bu boʻyicha kunlik statistikani maʼlum qildi.
Tigʻiz vaqtlarda oraliq intervallari esa quyidagicha tashkil qilinmoqda:
- “Chilonzor” yoʻnalishida 1,5-2 daqiqa;
- “Oʻzbekiston” yoʻnalishida 3 daqiqa;
- “Yunusobod” yoʻnalishida 4 daqiqa;
- “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida esa 8 daqiqa.
Shuningdek, yoʻlovchilar sonining ortishi sabab tigʻiz vaqtlarda metropolitenda mavjud boʻlgan barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Mavjud 50 ta metro bekatlarda masʼul xodimlar biriktirilgan. Bundan tashqari, zahira poyezdlari ham shay holatda.