Toshkent metropoliteni matbuot xizmati bu boʻyicha kunlik statistikani maʼlum qildi.

Tigʻiz vaqtlarda oraliq intervallari esa quyidagicha tashkil qilinmoqda:

  • “Chilonzor” yoʻnalishida 1,5-2 daqiqa;
  • “Oʻzbekiston” yoʻnalishida 3 daqiqa;
  • “Yunusobod” yoʻnalishida 4 daqiqa;
  • “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida esa 8 daqiqa.

Shuningdek, yoʻlovchilar sonining ortishi sabab tigʻiz vaqtlarda metropolitenda mavjud boʻlgan barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Mavjud 50 ta metro bekatlarda masʼul xodimlar biriktirilgan. Bundan tashqari, zahira poyezdlari ham shay holatda.