Eng eʼtiborlisi, tamomila yangilik boʻlgan yangicha infratizilma — velosiped yoʻlakchalari ham qurilyapti.

Koʻchalar kechalari ham kunduzdek charagʻon boʻlishi uchun 75 ta tungi yoritqich ustunlari oʻrnatildi. Toʻrtta “aqlli bekat” oʻrnatilib, ishga tushirildi.

Tuman markazining meʼmoriy qiyofasini zamonaviy holatga keltirishdek ishlarni “Shams” xususiy korxonasi quruvchilari amalga oshirmoqda. Ayni paytda tuman markazi aholisi takliflaridan kelib chiqib, ichki transport yoʻnalishi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Bu yangilanishlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlar mevalari deyish mumkin.

Qoʻshkoʻpirliklar istiqlol bayramini chinakamiga shaharliklarday nishonlashlari aniq.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri