27-sentyabrda Qozogʻiston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri B.Musin bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda Qozogʻiston va Oʻzbekiston davlatlarining manfaatlaridan kelib chiqqan holda AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish telekommunikatsiya, pochta va radiochastota yoʻnalishlaridagi masalalar koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vazirligi oʻrtasida “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim”ni 2022-yil 24-27-oktyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan AKT haftaligi doirasida imzolash muhokama etildi.
Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, oʻzaro tajriba almashish, istiqboldagi rejalarni amalga oshirishda har ikki tomon bir-birini qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.