“Kazinform” xalqaro axborot agentligining xabar berishicha, mazkur farmonga koʻra Olmaota viloyatining maʼmuriy markazi Taldiqoʻrgʻondan Qoʻnayev (avvalgi Kapshagʻay) shahriga koʻchirilgan.

Davlat rahbari, shuningdek, maʼmuriy markazi Semey boʻlgan Abay viloyatini ham tuzdi. Viloyat tarkibiga Sharqiy Qozogʻiston viloyatidan Oqsuat, Abay, Ayagoz, Beskaragay, Borodulixinskiy, Jarminskiy, Urdzharskiy, Kokpektinskiy tumanlari kabi tumanlar hamda Semey va Kurchatov shaharlari kiradi.

Taldiqoʻrgʻon Jetisu viloyatining maʼmuriy markaziga aylandi. Olmaota viloyatidan yangi hududga Oqsuv, Alakol, Yeskeldin, Karatal, Kerbulak, Koksu, Panfilov, Sarkan tumanlari hamda Taldiqoʻrgʻon va Tekeli shaharlari kiradi.

Ulitau viloyati esa Qoragʻanda viloyatidan ajratilgan Janaariq, Ulitau tumanlari hamda Jezqozgʻan, Karajala va Satpayev shaharlarini oʻz ichiga oladi. Uning markazi Jezqozgʻan shahri boʻladi.

Hukumatga Oliy sud, Oliy sud Kengashi va davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu farmonni amalga oshirish uchun tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va boshqa choralarni koʻrish topshirildi, deb yozadi “Kazinform” xalqaro axborot agentligi.