Qozogʻistonda boʻlib turgan va tranzit yoʻnalishida harakatlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantiriladi

    Soʻnggi kunlarda Qozogʻiston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yoʻllarda harakatlanish bilan bogʻliq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

    Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyoʻllarda harakatlanish cheklangan.

    Shu munosabat bilan, ushbu davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan yoʻllarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat boʻlmaganda uzoq masofali yoʻllarda transport vositalarida harakatlanmaslikni soʻraldi.