“Qaragʻanda farmatsevtika kompleksi “Gam-KOVID-Vak” koronavirus infeksiyasiga qarshi “Sputnik V” vaksinasini Qozogʻiston Respublikasi hududida roʻyxatga olish amaliyotini yakuniga yetkazdi”, — deb xabar berilgan KFK press-relizida.
Xabarga koʻra, 13-fevralda vaksinaning xavfsizligi, sifati va samaradorligi haqida Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi ekspert tashkilotining xulosasi chiqqan.
Mazkur maʼlumotga koʻra, roʻyxatga olinganlik haqidagi guvohnomani olish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiy va farmatsevtik nazorat qoʻmitasiga buyurtma yuborilgan.