Bu haqda Mangistau viloyati ekologiya departamenti matbuot xizmati bayonotiga tayanib, KazTAG xabar berdi. O'lik tyulenlar Asan aholi punktidan Bautino burnigacha cho'zilgan hududda topilgan.
Tyulenlarning ommaviy qirilish sababi noma'lum. Departamentning laboratoriya va tahliliy nazorat bo'limi mutaxassislari Fort-Shevchenko va Bautino aholi punktlaridan dengiz suvidan namunalar olishdi.
Qozog'istonda Kaspiy tyulenlarining ommaviy qirilishi birinchi marta sodir bo'lmayapti. Qishloq xo'jaligi vazirligining Baliqchilik qo'mitasi 2024-yil noyabrdan 2025-yil maygacha topilgan o'lik tyulenlarning umumiy soni 2194 tani tashkil etganini xabar qildi. 2025-yil fevral oyida Qozog'istonning Markaziy Osiyo atrof-muhit tadqiqotlari instituti (CAIER) Kaspiy tyulenlarining ommaviy qirilib ketish sabablarini o'rganish uchun ularning ma'lumotlar bazasini yaratish niyatini e'lon qildi, deb xabar berdi kommersant.ru.