Olmaota shahrida ish beruvchilar tomonidan mehnat haqlari berilmasdan, ogʻir moddiy ahvolga tushib qolgan bu vatandoshlarga konsullik hujjatlari rasmiylashtirilib, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatildi.

Bosh konsulxona tomonidan ularning Oʻzbekistonga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan Olmaota–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalar sotib olishda koʻmaklashildi.

Ushbu chora-tadbirlar Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega ekanining yana bir bor tasdigʻidir.

Yurtimizning hech bir fuqarosi eʼtiboran chetda qolmaydi va Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli choralar koʻriladi.