Qozoq sinoptiklariga ko'ra, dekabr oyi me'yoriy haroratlar fonida, yanvar va fevral oylari me'yordan 1-2 daraja yuqori bo'lishi kutilmoqda. Mart esa me'yoriy ko'rsatkichlardan 2 daraja yuqori bo'lishi prognoz qilingan.
Yilning sovuq davrida Qozog'istonga Atlantika okeanidan ko'plab nam va iliq havo oqimlarining kirib kelishi bizga nisbatan shimoldagi mamlakatda haroratning yuqori bo'lishi bilan birgalikda yog'ingarchilikning me'yorda va undan ko'p bo'lishini ta'minlashi taxmin qilinmoqda.
O'zgidromet ham joriy qishda 2023-yil yanvardagi kabi anomal sovuq bo'lmasligini, qish oylari iliqroq o'tishini ma'lum qilgandi, deb xabar beradi https://t.me/uzb_meteo.