2025-yil 11-sentyabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyati Ili tumani Bayserke qishlogʻida joylashgan “LGN Metal” korxonasida portlash sodir boʻldi. Buning oqibatida uch nafar Oʻzbekiston fuqarolari — halok boʻldi.

Hodisa yuzasidan Ili tumani politsiyasi tomonidan inson oʻlimiga olib kelgan mehnat muhofazasi qoidalarini buzish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Migratsiya agentligining maʼlum qilishicha, marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish uchun zarur rasmiylashtirish ishlari tashkil etildi.

Marhumlarning yaqinlariga kerakli amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha masʼul xodimlar biriktirilgan.

Qozogʻiston tomoni bilan tergov jarayonida doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Migratsiya agentligi marhumlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.