Chirchiq shahridagi qozonxonada avariya holati yuzaga keldi

    Chirchiq shahrining 2-kichik nohiyasidagi “Yubileynaya” qozonxonasida avariya holati yuzaga keldi.

    Dastlabki hulosaga koʻra, hodisaga isteʼmol talabi keskin oshib ketgani sabab boʻlgan.

    Zudlik bilan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mutassaddilar bilan vaziyatni joyiga chiqib oʻrgandi.

    Ayni paytda issiqlik energiyasi uzatish vaqtinchalik toʻxtatilgan. Xozirda tuzatish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Mazkur inshoot shahardagi 168 ta koʻp qavatli uy va 6 ta ijtimoiy soha obyektiga xizmat koʻrsatib keladi.

    Holat imkon boricha tezkor bartaraf etiladi. Mutaxassislar voqea joyida kuchaytirilgan tarkibda ishlamoqdalar.

    Unga qadar shahardagi 27 - Yulduz, 28 -“Quyosh”, 29 - Lola, 30 – “Iftixor”, 31 – “Kamolot”, 32 – “Kamalak”, 33 – “Tinchlik”, 34 – “Kabutar” va 35 – “Turon” mahalla fuqarolar yigʻinlarida vaqtinchalik issiqlik taʼminoti boʻlmaydi.