Qurbon hayiti bayramida qancha yurtdoshlarimiz sayohatga chiqdi?

    Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yilning 28 iyun – 2iyul kunlari mamlakatimiz aholisi uchun 5 kunlik dam olish e’lon qilingan edi. Shu kunlar davomida respublika bo‘yicha jami 1 mln 163,1 ming mahalliy aholi yurtimiz bo‘ylab sayohatlarga chiqdi.

    Jumladan, Surxondaryo viloyatiga 255 ming, Samarqand viloyatiga 215 ming, Xorazm viloyatiga 116,1 ming, Toshkent viloyatiga 88,7 ming, Qashqadaryo viloyatiga 85 ming, Toshkent shahriga 78,5 ming, Buxoro viloyatiga 70,0 ming nafar aholi ziyorat va turili maqsadlarda tashrif buyurishgan.

    Mahalliy aholiga Qurbon hayiti bayramida qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida respublika bo‘yicha 600 dan ortiq joylashtirish vositalari (mehmonxona, oilaviy mehmon uylari) tomonidan 10 foizdan 40 foizgacha maxsus chegirmalar taqdim etildi.

    Shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ” AJ tomonidan bayram munosabati bilan 2023-yil 28-iyun – 2-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50 foiz chegirma joriy qilingan bo‘lsa, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan turli yo‘nalishlarda harakatlanuvchi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

    Bundan tashqari, hududlardagi 330 ta ovqatlanish shahobchalari tashrif buyurganlarga 5 foizdan 30 foizgacha chegirmalar joriy qildi.

    Birgina Toshkent shahridagi 60 ta ovqatlanish maskanida joriy qilingan chegirmadan 28 ming nafardan ortiq sayyoh foydalandi.