Tadbirkor biznes rejasiga ko'ra, ko'lga yangidan suv olib kelinib, yangi hayot baxsh etiladi. SHuningdek, bu erdagi oshxonalarda dunyodagi turli xil davlatlarning mazali taomlarini tayyorlash ham yo'lga qo'yiladi. Maqsad oromgohga turistlarni jalb qilib, yangi ish o'rinlari yaratish. Buning uchun etarli miqdorda elektr energiyasi va kanalizatsiya masalasida mahalliy hokimlikning yordami kerak bo'ladi. Loyihaning umumiy qiymati 40 million AQSH dollari iborat bo'lib, mingga yaqin ish o'rinlari yaratiladi. Mazkur loyiha ham joyida batafsil o'rganib chiqilib, ijobiy hal etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
YAqinda Bo'stonliq tumanidagi "Xumson bulog'i" oromgohida karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilingan sayyor qabulda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov tomonidan 300 nafarga yaqin tadbirkorning muammosi ko'rib chiqildi. Tadbirda ishtirokchilari murojaatlarining aksariyati turli xil turistik obe'ktlar qurish uchun er maydoni ajratilishi bilan bog'liq bo'ldi. Bu ishchi guruhiga eng sara loyihalarni tanlash imkoniyatini berdi.
Bo'stonliq tumanidagi “CHorvoq” erkin turistik zonasida tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar berilayotganligi investorlarning turizmga bo'lgan qiziqishini oshirmoqda. Tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib, tumanda turizm jadal rivojlanib bormoqda.
Xususan, tadbirkor Abror Adhamov taqdim etgan loyihaga ko'ra, Bo'stonliq tumanida bir gektar maydonda ko'p tarmoqli reabilitatsiya markazi barpo etiladi. Loyiha muvofiq, 7-8 million AQSH dollari midorida investitsiya kiritilib, zamonaviy shifo maskani quriladi. “CHorvoq” erkin turistik zonasi direktsiyasiga joy so'rab, barcha zarur hujjatlarni topshirgan. Agar markaz ishga tushsa, 100 kishi yotib davolanish imkoniyatiga ham ega bo'ladi, 150-200 kishi ish bilan ta'minlanadi. Sayyor qabulda tadbirkorning loyihasi ijobiy baho oldi.
Tadbirda respublika ahamiyatiga moliq vazirlik va idoralar vakillari hamda viloyatdagi to'rtta sektor rahbarlarining ishtirok etishi ko'tarilgan asosiy masalalarni joyida hamda bamasahat hal etishga yordam berdi.
– Biz bundan uch yil muqaddam Nanay qishlog'ida sobiq poliklinikaning ikkita binosini sotib oldik, – deydi tadbirkor Ahmadjon Umarov. – Qariyb 5 milliard so'mga yaqin investitsiya kiritib, dam oluvchilar uchun uch qavatli mehmon uyi barpo etdik. Lekin binoda qishloq vrachlik punkti ham joylashganligi bois, faoliyatimizga xalaqit bermoqda. SHu bois, yangi qishloq vrachlik punkti binosi qurish uchun uchun er ajratilsa, biz uni bunyod etish niyatimiz bor. Ushbu taklif bilan hokim qabuliga kelgandik, muammomiz ijobiy hal etilib, tegishli tashkilotlarga topshiriq berildi. Albatta, biz bundan xursandmiz.