Obʼekt qurilish ishlari masʼuli "Imorat Qurilish konstruksiya" MCHJ rahbari Maqset Bekimbetovning aytishicha, ushbu binoda 2022-yil may oyida qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, 2023-yil 3-fevral kuni binoning 3-qavatiga zinalar o‘rnatilgan. 7-fevral kuni ularda yoriq hosil bo‘lib, qulab tushgan.
Taʼkidlanishicha, zinalarni yetkazib bergan korxona rahbarlari chaqirtirilib, holat ko‘rsatilgan. Shartnoma bor. Pullari bank kreditlari orqali to‘langan. Boshqa podʼezdlarga ham ushbu zinalar qo‘yilgan, biroq ko‘p o‘tmay, ular ham yorilishni boshlagan. Zavod masʼullariga ko‘rsatilib, ular ham olib tashlangan. Umumiy 9 zina yangidan qurib beriladigan bo‘ldi.
Tuman hokimligi maʼlumotga ko‘ra, ushbu zinalar "Taqiyatas Tau-Kita" temir-beton zavodi tomonidan tegishli shartnoma asosida yetkazib berilgan.
Hodisadan jabrlanganlar yo‘q. Hozirda holat bo‘yicha prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.