Test sinovlari respublika boʻyicha quyidagi ochiq maydonlarda oʻtkaziladi:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;
- Andijon viloyati – Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);
- Namangan viloyati – 17-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;
- Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;
- Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);
- Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;
- Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashgʻulotlar maydoni (2-sektor);
- Navoiy viloyati – “Kimyogar” oʻyingohi;
- Samarqand viloyati – Lokomotiv markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor).
Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari soʻraladi.
Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma Harbiy tibbiyot akademiyasi tomonidan tarqatiladi.