Qayd etilishicha, respublikadagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda biotexnik tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, rezervatda ham hayvonlarning qishdan eson-omon chiqishi, ozuqa topishini osonlashtirish maqsadida turli joylarga ozuqa mahsulotlari qoʻyib chiqilmoqda.

Maʼlumot uchun, Xongul yoʻq boʻlib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi, CITESning II ilovasiga, transchegaraviy koʻchib yuruvchi tur sifatida esa Bonn Konvensiyasiga kiritilgan.