Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiya laboratoriyasi ma'lumotlariga ko'ra, obyekt ehtimol galaktik zarracha hisoblanadi.
Avvlroq “Quyosh ustidagi qush” 2025-yilning 25-may kuni ko'rinish bergangan edi. Uning “qanotlari” taxminan 150 000 kilometrni tashkil etgan. “Qush” Quyosh yuzasi ustidan 2 million kilometr balandlikda uchib o'tgan. Olimlarning fikriga ko'ra, uning o'lchami Yer sayyorasidan 10 barobar katta edi. Obyekt tezda g'oyib bo'ldi – paydo bo'lganidan 10 daqiqa o'tgach olingan suratlarda u ko'rinmaydi.
Obyektning xususiyati hozirgacha noma'lum. Mutaxassislar fikriga ko'ra, “qush” quyosh protuberanetsi bo'lishi mumkin. Bu yulduz magnitosferasiga nisbatan nisbatan sovuq tojdor massa chiqishi hisoblanadi. Moddaning katta qismi odatda magnit tarmoqlari orqali Quyoshga qaytib keladi. Lekin “qush”ning ba'zi xususiyatlari (masalan, tez yo'q bo'lib ketishi) bu nazariyaga zid ekanini ko'rsatadi, deb xabar berdi mir24.tv.