Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.
Taqdim etilgan infografika tahlili shuni koʻrsatadiki, subsidiya mablagʻlarining salmoqli qismi quyidagi hududlar hissasiga toʻgʻri kelgan:
- Xorazm viloyati — 55,4 mlrd soʻm;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 29,1 mlrd soʻm;
- Buxoro viloyati — 25,7 mlrd soʻm;
- Qashqadaryo viloyati — 18,1 mlrd soʻm;
- Navoiy viloyati — 13,4 mlrd soʻm.
Eslatib oʻtamiz, “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida aholi tomonidan ishlab chiqarilib, tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun davlat 1000 soʻmdan subsidiya toʻlaydi. 2025-yilning birgina dekabr oyida 16 123 nafar foydalanuvchiga 7,4 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Subsidiya mablagʻlarini olish jarayoni raqamlashtirilgan boʻlib, fuqarolar “Soliq” mobil ilovasi orqali mablagʻlarni oʻz bank kartalariga osongina oʻtkazib olishlari mumkin. Buning uchun ilovaning “Keshbek va imtiyozlar” boʻlimidagi “Quyoshli xonadon” darchasidan foydalanish kifoya.
Bu tizim nafaqat aholining energiya xarajatlarini kamaytirishga, balki mamlakatda «yashil« energiya ulushini oshirishga ham xizmat qilmoqda.