Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 23 senyatyabrda qabul qilingan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi.
2024–2025-yillarda tajriba tariqasida ogʻir ahvoldagi oilalarni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalar biriktiriladi.
2025-yil 1-apreldan:
- Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron aʼzolari mavjud oilalardagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati koʻrsatiladi;
- ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi;
- YATT sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi boʻlgan bolalar, shu jumladan, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida koʻrsatishga ruxsat beriladi.