Koʻrsatiladigan xizmatlarning tezkor, qulay va shaffofligi esa aholining bu tizimdan roziligiga sabab boʻlayotir. Markazlarda aholiga yaratilgan barcha sharoit vaqtni tejash, turli ovoragarchilik va xarajatlarning oldini olish imkonini beradi.
Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tuman-shahar Davlat xizmatlari markazlari faoliyati monitoringi natijalariga koʻra, 2020-yilda Guliston shahar Davlat xizmatlari markazi xodimi Baxtiyor Abduqodirov aholiga 9 197 ta davlat xizmatlari koʻrsatib, oʻtgan yilning eng faol xodimi, deya eʼtirof etildi.
— Murojaat qilib kelgan va ishi bitib, koʻtarinki kayfiyatda rahmat aytib ketayotgan fuqarolarning yuzlaridagi mamnunlik menga kuch-quvvat bagʻishlaydi, charchoqlarimni unutaman, — deydi Baxtiyor nim tabassum bilan.
Darhaqiqat, rahmat sizga, degan juda oddiy soʻz zamirida bir olam maʼno mujassam. Bu esa oʻz-oʻzidan odamlarning hayotdan mamnun va rozi boʻlib yashashi uchun yaratilayotgan sharoitlarning samarasidir.
Dilfuza Jarbekova