Fargʻona viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan 2024-yil davomida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida oʻtkazilgan jami 4,4 mlrd soʻmlik tanlov savdolarida qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Jumladan:
- Fargʻona viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasida 3,5 mlrd soʻmlik 2 ta;
- Fargʻona viloyat Madaniyat boshqarmasida 490 mln soʻmga yaqin 3 ta;
- Fargʻona viloyati yoshlar ishlari boshqarmasida 250 mln soʻmlik 1 ta.
Yuqoridagilarga koʻra, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablarini buzish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi va masʼullarga tegishli choralar koʻrildi.
Toshkent shahar misolida
Hududiy boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarga asosan, Respublika Ixtisoslashtirilgan Terapiya va Tibbiy Reabilitatsiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi buyurtmachiligida 3 ta 2,1 mlrd soʻmdan ortiq hamda Yashnobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan 1,3 mlrd soʻmga yaqin 3 ta tender savdolari boshqarma tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Maxsus komissiyasi tomonidan tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida mazkur qonunbuzilishiga yoʻl qoʻyilmaslik yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Andijon viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan Andijon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi buyurtmachiligida boshlangʻich narxi 200 mln soʻmga yaqin va Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi 900 mln soʻmga yaqin eng yaxshi taklif savdolari bekor qilingan. Shuningdek, Andijon viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan 170 mln soʻmlik tender savdosi boʻyicha boʻyicha ish qoʻzgʻatilib, belgilangan tartibda tegishli koʻrsatmalar berildi.
Jizzax viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan 2024-yil iyul avgust oylarida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, ijtimoiy sohadagi oʻtkazilgan jami 850 mln soʻmga yaqin tanlov savdolarida qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Jumladan:
- Keksalar, urush va mehnat faxriylari uchun Jizzax sanatoriyasida 49,9 mln soʻmlik;
- Mirzachoʻl tuman tibbiyot birlashmasida 360,8 mln soʻmlik;
- RID va KIATMning Jizzax viloyat hududiy filialida 210,0 mln soʻmlik;
- Sh.Rashidov tumani tibbiyot birlashmasida 20 mln soʻmlik;
- Zafarobod tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida 200,0 mln soʻmlik.
Yuqoridagilarga koʻra, hududiy boshqarma tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablarini buzish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatmalar berildi.