Telegram messenjerida “Trastbank“ xususiy aksiyadorlik banki nomidan foydalanib ochilgan ”TrastBank | Kredit” nomli guruhga ishonmang, guruhda kredit berish bahonasida shaxsingizga oid maʼlumotlar soʻralsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolgʻon.
Eʼtiborli boʻling, firibgarlar banklarning logotiplari va atributlaridan foydalanib, soxta guruh va kanallar ochmoqda, ushbu guruhlarni tekshirish uchun bankning oʻziga yoki rasmiy veb-saytiga murojaat qilib, maʼlumot olishingiz mumkin.
Nomaʼlum manzildan kelgan havolaga kirmang. Feyk xabarlarga aldanib qolmang, deya ogohlantirmoqda Kiberxavfsizlik markazi.