Yoʻriqnomaga koʻra, readmissiya qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Migratsiya va personallashtirish departamenti (MvaPD) tomonidan “Pasport-viza” axborot tizimiga kiritiladi.

Quyidagi holatlarda istisno tariqasida readmissiya qilingan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi:

  • fuqaroning yaqin qarindoshi xorijda vafot etganda;
  • fuqaro yoki uning yaqin qarindoshiga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish zarur boʻlganda;
  • fan olimpiadasi, taʼlim yoki xalqaro sport musobaqasida ishtirok etadigan boʻlsa;
  • yashash joyi Oʻzbekistonning chegara zonasi va eksklav hududlarida boʻlganda;
  • Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjat va topshiriqlari, shuningdek Prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari ijrosini taʼminlash zarur boʻlganda.

Fuqarolar istisno tariqasida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun MvaPD yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qiladi.