7-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:49da Misrning Red Sea Airlines aviakompaniyasiga qarashli hamda Sharm-ash-Shayx — Toshkent — Sharm-ash-Shayx yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan Boeing 737 samolyoti ilk bor Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi. Bortida 171 yoʻlovchi boʻlgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Sharm-ash-Shayxdan Toshkentga muntazam ravishda charter reyslari har hafta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Red Sea Airlines — Sharm-ash-Shayx xalqaro aeroportida joylashgan Misrning charter aviakompaniyasi hisoblanadi.