Unda, ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari, Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil birinchi yarim yillik ish rejasining birinchi chorak yakunlari boʻyicha ijrosiga oid masalalar koʻrib chiqildi.

Majlisda MSKga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib, mahalliy ommaviy axborot vositalarining 22 nafar, xorijiy ommaviy axborot vositalarining 15 nafar vakili akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 383 nafarni tashkil etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda davomida referendum oʻtkazuvchi 5-Navoiy, 9-Surxondaryo, 10-Toshkent viloyati okrug komissiyalari raislarining referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlari xususida axborotlari tinglandi.

Majlisda kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bahor Xidirova,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri