Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi xodimlari SSV, JSST va Ukraina davlati vakillari bilan birga reimbursatsiya dasturini tatbiq etish boʻyicha xalqaro tajribaga bagʻishlangan seminarda ishtirok etdi.
Unda reimbursatsiya dasturini boshqa davlatlarda tatbiq etilishi tajribasi, ambulatoriya sharoitida davolanishda qoʻllaniladigan dori vositalari taʼminotining aholiga qulayligi masalalari muhokama qilindi.
Ushbu loyiha doirasida surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni ambulatoriya sharoitida dori-darmonlar bilan taʼminlash – aholini tibbiy xizmatlar bilan qamrashning muhim jihati hisoblanadi. Bu borada esa Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Oʻzbekistonga aholini ambulator sharoitda dori vositalari bilan taʼminlash, dori vositalari narxlarini qoplash - reimbursatsiya dasturini tatbiq qilishda texnik koʻmak bermoqda. Xabaringiz bor, Oʻzbekistonda 2019 – 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2019-2020-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish choralari koʻrildi. Ular qatorida – davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam paketi ishlab chiqilganligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasini tashkil etilishi va tibbiy xizmatlar strategik xaridlari tizimini joriy etilishi ham bor, deb xabar beradi DTSJ matbuot xizmati.
2021-yil 1-iyuldan Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi bularni barchasini oʻz ichida jamlagan holda amalga oshirilmoqda.