Shundan, 12,9 ming gektari joriy yilning qish-bahor oylarida va 5,9 ming gektari kuz oylarida buzilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda kuz oylarida buzilishi rejalashtirilgan yaroqsiz bogʻzorlarning 4,6 ming gektari buzilgan holatda turganligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu maydonlarda yangi intensiv bogʻ tashkil etish uchun sarflanadigan koʻchatlar sonini aniqlash maqsadida akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining markaziy va hududiy filiallarida mavjud mevali daraxtlar koʻchatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinib tahlil qilindi.
Unga koʻra akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining markaziy va hududiy filiallarida kuz oylarida ekish uchun tayyor mevali koʻchatlar soni jami 1 mln 647 ming donani tashkil etmoqda. Shundan, 923 ming urugʻlilar, 712 ming danaklilar va 11 ming dona yongʻoq mevali daraxt koʻchatlarini tashkil etadi.
Bugungi kunda, Respublikaning barcha hududlarida kuz oylarida iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni buzish ishlari davom ettirilmoqda hamda uning ijrosi boʻlim tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
Z.Ismatov,
“Oʻzagroinspeksiya”,
katta inspektori