Unda Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatrining “Samolarda uchgan alloma” spektakli rassomi Sergey Seduxin “Eng yaxshi Ssenograf-rassom”;

Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining “Qanotli Bars” spektakli aktyorlar ansambli “Eng faol jamoa”;

Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Davronbek Atabayev “Eng yaxshi ishbilarmon rahbar” ;

Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatrining “Frontga xat” spektakli “Tinchlikni qadrlash mavzudagi eng yaxshi spektakl” ;

Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatrining “Tohir va Zuhra” spektakli “Xalq ogʻzaki ijodiga eng yaxshi yangicha yondashuv” ;

Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatrining “Doʻmbiralar sadosi” spektakli “Milliy qadriyatlarning eng yaxshi tarannumi” ;

Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatrining “Xonatlas” spektakli tovus roli ijrochisi Temur Raxmatullayev “Eng yaxshi qoʻgʻirchoq oʻynatuvchi aktyor” nominatsiyasi uchun;

Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri esa, “Bahrom va Dilorom” spektakli uchun 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar, deb yozyapti Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.