Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida 5 779 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1,1 trillion soʻmlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Tarmoqning 2020-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 101,0 foizni tashkil etdi.
Mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2021-yilning:
yanvar oyida 109,5 milliard soʻm;
yanvar-fevral oylarida 225,0 milliard soʻm;
yanvar-mart oylarida 473,2 milliard soʻm;
yanvar-aprel oylarida 689,6 milliard soʻm;
yanvar-may oylarida 823,4 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahri 25,7 foiz (1 331 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan), Andijon viloyati 10,6 foiz (567 ta), hamda Toshkent viloyati 9,4 foiz (657 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.