Respublikamizda 2025-yil hosili uchun 1 134 290 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekildi

    Bu haqda AOKAda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida gʻallachilikda dolzarb agrotexnik tadbirlar va ularning samaradorligi yuzasidan maʼlumot berildi.

    Qayd etilishicha, bu yilgi noyabr va dekabr oyilarning har yilgidan oʻzgaruvchan boʻlganligi ekilgan boshoqli don ekinlarini tinim davriga toʻliq oʻtmasdan oʻsish va rivojlanishi davom ettirdi.

    Yogʻingarchilikning kam boʻlishi, ob-havoning quruq va iliq boʻlishi gʻalla maydonlaridagi tuproqni 20-25 sm. qatlamida namlik yetishmasligi holatlarini yuzaga keltirmoqda.

    Respublikamizning aksariyat viloyatlarida 10-15 foiz maydonlaridagi gʻalla kech ekilishi va ayrim sabablarga koʻra rivoji orqada qolayotgan, sabzavot ekinlari oʻrniga ekilgan nihollar toʻla unib chiqmagan maydonlarda ob-havo sharoitidan kelib chiqib quyidagi agrotexnik chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

    Shu kunlarda berilgan suv gʻallaning nihollari joylashgan tuproq qatlamidagi ishqorli muhitni oʻzgartiradi.

    Chuchuk (oqava) suv ildiz joylashgan tuproqdagi shoʻrni yuvishi hisobiga gʻallaning ildiz sistemasi joylashgan qatlamda shoʻrni yuvilishi hisobiga nihollarni oʻsish, rivojlanishi taʼminlanadi va tuplash jarayonini tezlashtirib mart oyining oʻrtalariga 3-4 tadan tup hosil qilishini taʼminlaydi.

    May oylarida ob-havoning birdan koʻtarilishi +30-350S li issiq boʻlganda ham gʻalla maydonlaridagi tuproqning 30-35 sm chuqurligida namlikni saqlanishi, oʻsimliklarni mineral oziqlantirish, suspenziya bilan ishlov berilishi gʻallani muddatidan oldin pishib zirabosh boshoqlar hosil boʻlishini oldi olinadi va boshoqda don toʻliq boʻlishini taʼminlaydi.