Ayrim dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi

    Moliya 18 Fevral 2025 1074

    Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, ayrim dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi.

    Farmonga koʻra, Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartiblari joriy etiladi:

    — har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsion loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

    — usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;

    — muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyib bergan usta dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi;

    — tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2-yilgacha imtiyozli davr bilan 7-yilgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 5 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi;

    — aholi tomorqalari va ijara yerlarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalar 24 oylik imtiyozli davr bilan 5-yilda boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi.