Qarorga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Navoiy, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining taklifiga koʻra, Navoiy va Toshkent viloyatlarida - qoʻgʻirchoq teatrlari va musiqali drama teatrlari, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida - qoʻgʻirchoq teatrlari (keyingi oʻrinlarda - davlat teatrlari) faoliyatini tashkil etiladi.

Davlat teatrlari davlat muassasasi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

Navoiy, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda teatr sohasidagi malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, ilgʻor xorijiy tajriba va texnik yechimlar hamda zamonaviy shaharsozlik tamoyillaridan kelib chiqib, davlat teatrlari binolarining konsepsiyasini ishlab chiqadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

-ularning ustavi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;

-malakali kadrlar bilan taʼminlanishini hamda samarali faoliyat yuritishini;

- davlat teatrlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan:

-respublika va xorijiy teatrlarning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda davlat teatrlari ijodkorlariga rejissura va aktyorlik mahorati hamda sahna harakati va sahna nutqi boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etilishini;

-davlat teatrlarida tajribali aktyorlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularda artistik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklarni tashkil etishni taʼminlaydi.

Davlat teatrlarining har biriga 1 tadan shaxsiy xizmat yengil avtotransport vositalarini va 1 tadan maxsus transport (avtobus)ni saqlash uchun limit ajratililadi.

Shuningdek, davlat teatrlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “doʻstlar klublari”ni tashkil etish va homiy tashkilotlar bilan teatrlar hamkorligi yoʻlga qoʻyiladi.

Har chorak yakuni boʻyicha “doʻstlar klublari”ni tashkil etish va ularning faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga axborot kiritib boriladi.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “Qoʻgʻirchoq yasash texnologiyasi” ixtisosligi boʻyicha taʼlim yoʻnalishi ochiladi. Qoʻgʻirchoq teatri rejissyorligi, aktyorligi va dramaturgiya yoʻnalishi boʻyicha maxsus sirtqi boʻlimlarni tashkil qilinadi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qoʻgʻirchoq teatri rassomi” ixtisosligi boʻyicha taʼlim yoʻnalishini ochish choralarini koʻradi.