"Ushbu musobaqa yangi qoidalar bo‘yicha o‘tkazilmoqda va endi taekvondochilar raundlar bo‘yicha baholanishadi. Qaysi sportchi 2 raundda g‘olib bo‘lsa, keyingi bosqchiga chiqadi", deya taʼkidladi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati. 

-68kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni, musobaqada 2-raqam ostida saralangan Ulug‘bek Rashitov ilk bosqichda 31-raqamda saralangan ivuarlik Aaron Kobenan bilan to‘qnash keldi va raundlar bo‘yicha 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Rashitov navbatdagi bosqichda koreyalik Xo Jun Jin bilan uchrashadi. 

-57kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Charos Qayumova ilk bosqichda vengliyalik Luka Patakfalviga qarshi jang qildi va raundlar bo‘yicha 2:0 hisobida zafar quchdi. Endi Qayumova keyingi bosqichda marokashlik Nada Laaraj bilan to‘qnash keladi.