Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, ular maxsus qoplamasiz yoʻllarga moʻljallangan elektromobil va qoʻlda yasalgan transport poygasida ilk xorijiy ishtirokchi sifatida qatnashib, “Eng eʼtirofga sazovor” jamoa sovrinini qoʻlga kiritdilar.
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, 2022-yildan boshlab har yili “Noriko-Gakkyu” maktabining 3 nafar oʻquvchisi Maydzuru shahridagi Kinki kasbiy taʼlimni rivojlantirish kollejining Kioto kampusida oʻz bilimlarini oshirib kelmoqda. Ikki yil davomida ular sanoat texnologiyalari boʻyicha maxsus bilimlarni egallab, Yaponiyada mehnat faoliyati bilan shugʻullanish orqali qimmatli tajribaga ega boʻlyapti.
Hozir kunda oʻzbekistonlik bunday yoshlar soni 6 nafarni tashkil qiladi. Joriy yilning aprel oyidan yana 2 nafar oʻquvchi tengdoshlari safiga borib qoʻshiladi.