Yaqinda Yaponiya nashrlarida Maydzuru shahrida tahsil olayotgan Rishtonlik yoshlar haqida maqolalar chop etildi.
Ushbu maqolalarda rishtonlik yoshlar ushbu darajaga etishlarida tumanda faoliyat yuritayotgan Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazi (xalq tilida "YApon maktabi")ning o'rni beqiyos bo'lgani haqida aytib o'tishgan.
Buning uchun maktabni tashkil etib, ko'plab shogirdlar etishtirayotgan G'anisher Nazirovga minnatdorlik bildirishgan.
Yapon maktabida tahsil olayotgan har bir bolaga Yaponiya madaniyati, ularning hayot tarzi o'rgatib borilgani tufayli rishtonlik yoshlar ushbu mamlakatga moslashishda unchalik muammolarga duch kelishmagani xususida ham to'xtalib o'tishgan.
Ular Yaponiyada o'qish va ishlash uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgani ham tilga olishgan.
Rishton va Maydzuru shaharlari o'rtasidagi hamkorlik yoshlarga keng yo'l ochgani ham maqolada keltirib o'tilgan.
Munojat Mo'minova