Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va Rossiyaning “Roskino” kompaniyasi direktori Inna Shalito oʻrtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik memorandumi Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi kinochilik sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, birgalikda ko-produksiya loyihalarini ishlab chiqish, kinoforumlar oʻtkazish va kinofestivallar tashkil etishga yordam beradi.

“Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi aloqalar professinal darajada. Mintaqaviy kino islohotlar va faollilni yanada oshirish uchun bugun memorandum imzolanishi bu katta hodisa”, dedi imzolangan hujjatni yuqori baholab, uning kelajak uchun ahamiyati katta ekanini qayd etar ekan Inna Shalito.