Imzolash marosimi Toshkentda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Sardor Umurzoqov, VEB.RF raisi Igor Shuvalov va “KAMAZ” ICHAJ bosh direktori Sergey Kogogin ishtirokida oʻtkazildi.

Bitim doirasida VEB.RF tomonidan, “UzAuto TRAILER” kompaniyasida ishlab chiqariladigan “KAMAZ” rusumidagi yuk va maxsus texnika sotuvini moliyalash maqsadida, 12,5 million yevro miqdorida kredit liniyasi ochilishi koʻzda tutilgan. 


Maʼlumot uchun: “Kamaz Asia Leasing” MCHJ QK 2019-yilda katta yuk mashinalari yirik ishlab chiqaruvchisi “KAMAZ” ICHAJ (Rossiya), “UzAutoTrailer” MCHJ va Rossiyaning yirik avtolizing kompaniyasi – “Lizingovaya kompaniya “KAMAZ” AJ ishtirokida tashkil etilgan.

Kompaniya “Ishlab chiqaruvchidan lizing” dasturi boʻyicha KAMAZ yuk avtomobillari, “UzAutoTrailer”da ishlab chiqarilgan tirkama texnikasi lizingi moliyaviy xizmatini taqdim qiladi. Xizmat, shuningdek, sugʻurtalash va telematik jihozlashni ham oʻz ichiga oladi.

“UzAutoTRAILER” MCHJ “Oʻzavtosanoat” AJ tuzilmasiga kiruvchi kompaniya boʻlib, yuk va maxsus texnika ishlab chiqarishga, shuningdek yuk avtomobillarini osma jihoz va tirkamalar bilan qoʻshimcha butlashga ixtisoslashgan, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat”AJ matbuot xizmati.