Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Chuvashiya Respublikasi hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tirik bo‘lib, ayni paytda tuman shifoxonasida davolanmoqda.

Shifokorlar ma’lumotiga kora, uning ahvoli barqaror, olgan tan jarohatlari o‘rtacha og‘irlik darajasida baholanmoqda.

Vaziyat O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.