Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar fondi  (RFPI) bosh direktori Kirill Dmitriev, "XimRar" kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Andrey Ivaщenko, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirining birinchi o'rinbosari Sergey TSыb va Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining ftiziopul`monologiya va yuqumli kasalliklar bo'yicha ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o'rinbosari Vladimir CHulanov mazkur dorini ro'yxatdan o'tkazish,  guvohnoma olish, preparatni shifoxonalarga etkazib berish vaqti va hajmi, shuningdek klinik tadqiqotlar bo'yicha  noyob ma'lumotlar bilan o'rtoqlashadi.

Avifavir - bu "Favipiravir" asosida yaratilgan, COVID-19ni davolash uchun  dunyoda  birinchi bo'lib tasdiqlangan dori.

Tadbir onlayn formatda o'tkaziladi. Matbuot anjumanida OAV vakillari masofadan turib akkreditatsiyadan o'tgan holda qatnashishlari mumkin. Buning uchun ishtirokchi ro'yxatdan o'tayotganda WhatsApp ilovasi bilan shaxsiy mobil raqamini ko'rsatishi kerak.

Matbuot anjumani tasvirini TASS veb-saytining e'lon sahifasida, shuningdek, Fasebookdagi TASS Press-markazida ko'rish mumkin.