Hujjatda «Rossiyadagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan. Loyihaga ko‘ra,
- mehnat migrantlari o‘zlari va Rossiyada o‘z qaramog‘idagi oila a'zolari uchun belgilangan avans solig‘ini to‘lashlari shart bo‘ladi. Migrant va uning oilasining mamlakatda qolish muddati ularning mehnat shartnomasi muddatiga bog‘liq.
- 18 yoshga to‘lgan xorijiy fuqarolarning farzandlari, agar mamlakatda qolish uchun boshqa qonuniy asoslari bo‘lmasa, Rossiya Federatsiyasidan 30 kun ichida chiqib ketishlari shart.
Qonun loyihasida, shuningdek, migrantning daromadi haqida ma’lumotlar bo‘lmasa yoki uning maoshi oila a’zolarini hisobga olgan holda yashash minimumidan past bo‘lsa, patent yoki ish ruxsatnomasini bekor qilish uchun yangi asoslarni ko‘rib chiqish belgilangan.
Yuqori malakali mutaxassislar uchun alohida talablarni belgilash taklif etilyapti. Bunday ishchilarning aksariyati uchun eng kam ish haqi oyiga
- 717 ming rublni tashkil etishi kerak.
- Akkreditatsiyadan o‘tgan kompaniyalardagi shifokorlar, o‘qituvchilar, olimlar va IT mutaxassislari uchun - 358,5 ming rubl.
Shuningdek, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi yoki doimiy yashash ruxsatnomasi bo‘lgan chet elliklar uchun qoidalarni kuchaytirish taklif etilyapti. Agar shaxs bir yilda o‘n oydan kam ishlagan bo‘lsa, hujjatlar berilmasligi yoki bekor qilinishi mumkin, deb xabar beradi, deb xabar beradi Kazinform.