Shuningdek, Rossiyaning “Interfaks” agentligining oydinlik kiritishicha, chet elliklarning oʻqishga qabul qilinishining ikkinchi sharti – bu oʻz mamlakatlarining Rossiya bilan chegarasi ochiq boʻlishi kerak.

“Agar ularning davlatlari bilan xalqaro aloqalar hali ham cheklangan boʻlsa, ular ushbu cheklovlar olib tashlanmaguncha masofadan turib oʻqishlariga toʻgʻri keladi”, deyiladi “Interfaks” xabarida. Universitetlarda oʻquv yili 1-sentyabrdan boshlanadi.

Rossiya vazirligining maʼlumotiga koʻra, 2019-2020 oʻquv yilida Rossiyada 297 ming 993 nafar chet ellik talaba tahsil olgan. Ularning aksariyati Qozogʻiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Xitoy, Tojikiston, Ukraina, Hindiston, Belarus, Ozarbayjon va Qirgʻiziston fuqarolari.