Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Aleksandr Novak Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov bilan neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni koʻpaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasiga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvda gaz, neft, elektroenergetika sohalari, jumladan, qayta tiklanadigan energiya va gidroenergetika loyihalari, shuningdek, atom qurilishi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Novak va Mirzamaxmudov “Rosatom”ning yangi yadroviy inshootlarini qurish istiqbollari toʻgʻrisida ham fikr almashgan.