Uning soʻzlariga qaraganda, biznes-djetning ikki xili tayyorlanadi: ular sakkiz yoʻlovchiga (VIP shaklida) va 30 yoʻlovchiga moʻljallangan xillaridan iborat boʻladi. Samolyotning qurilmasi va dizayni omma uchun yil oxiri yoki keyingi yil boshida taqdim etiladi.
Vazirning taʼkidlashicha, moliyalashtirish miqdori masalasi boʻyicha tomonlar hali bir fikrda toʻxtamagan. “Amirlik tomonidan bu Mubadala, biz tomondan esa OAK (Birlashgan aviaquruvchi korporatsiyasi), balki uning biron tarmogʻi boʻlishi mumkin”, — deb izoh bergan Manturov.
U yana shuni qoʻshimcha qildiki, samolyotning tezligi soatiga yarim mingdan 1,8 — 2,2 ming kilometrgacha boʻlishi mumkin. Apparat eksportga moʻljallangan boʻladi. Salohiyatli bozorlar orasidan Janubiy — Sharqiy va Yaqin Sharq mamlakatlari nazarda tutilyapti, deb xabar beradi Lenta.ru