Ushbu xabarga ko'ra, O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskvada Rossiya ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Pasport-viza xizmati” Federal davlat unimtar korxonasi va Rossiya poytaxtining “Ko'p funktsional migratsiya markazi” davlat byudjet muassasasi bilan shartnomalar imzoladi.
Hujjatlarni imzolashdan maqsad – Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo'lgan respublika fuqarolarining uyushgan ravishda chiqib ketish tartibini soddalashtirishdir.
Hujjatlar, shuningdek, O'zbekistondagi migratsiya markazlarining old ofislarini ochishga imkon beradi, deya ta'kidladi agentlik. Bu respublika fuqarolariga Rossiyada ishlash uchun ruxsat olishda zarur bo'lgan hujjatlarni tayyorlashda vaqt va xarajatldarni tejashga imkon beradi.
Sentyabr` oyida O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakilining RIA Novostiga aytishicha, mamlakat ma'murlari Rossiya ichki ishlar vazirligiga 2021 yilgacha respublikada pasport-viza xizmatining mehnat muxojirlariga xizmat ko'rstaish bo'yicha vakolatxonasini ochishni taklif qilmoqda.
Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyaga tashrif buyurishdan oldin barmoq izlari va tibbbiy ko'rikdan o'tishni o'z ichiga olgan migrantlar to'g'risidagi yangi federal qonun kontseptsiyasini ishlab chiqdi. CHet elliklar Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari va konsullik idoralarida bunday tartibdan o'tishlari mumkin deya taxmin qilingan.