Rossiyaga ishlash uchun ketgan fuqaro B.A. 2019-yil 15-oktyabr kuni ish joyida sodir bo'lgan baxtsiz hodisa oqibatida mehnat qobiliyatini yo'qotgan. Shu sababli, unga etkazilgan zararni qoplash maqsadida kompensatsiya pulini undirish uchun 2022-yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan vakolatxona huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo'llab-quvvatlash markazi tomonidan Rossiyaning Pensiya va ijtimoiy sug'urta fondiga bir necha bor murojaat xatlari yuborilib, muzokaralar o'tkazildi.
Natijada yurtdoshimiz foydasiga 647 ming rubl (8100 AQSH dollari) kompensatsiya puli undirib berildi. SHuningdek, fuqaroga joriy yil 1-maydan boshlab umrbod muddatga har oyda 21 431 rubldan nafaqa puli to'lanishiga erishildi.