Bu shuni anglatadiki, Rossiya Federatsiyasida isiriq importi, saqlashi, tarqatishi yoki ishlatilishi bilan bog'liq har qanday harakatlar qonunni buzish hisoblanadi va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Iltimos, amaldagi qonunchilik talablarini inobatga oling va ushbu o'simlikni Rossiya Federatsiyasiga import qilish va sotishdan saqlaning.

Ushbu talablarni buzish qonun bilan belgilangan jazolar qo'llanilishiga sabab bo'ladi, deb xabar berdi Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi elchixonasi sayti uzbekistan.mid.ru.